Hindistonda spirtli ichimlikdan zaharlanishdan 97 kishi halok bo‘ldi

Hindiston shimolidagi ikkita shtat – Uttar-Pradesh va Uttarkxandda qalbaki spirtli ichimliklardan ommaviy zaharlanish yuz berdi.
IANS axborot agentligining ma'lum qilishicha, zaharlanish Xaridvor okrugidagi Ballupur qishlog‘ida dafn marosimidagi ziyofatdan keyin yuz bergan.
Bir necha qishloqdan yaqinlari dafn marosimiga bir necha kishi kelgan, keyingi kun ulardan aksariyati o‘zini yomon his qila boshlagan.
O‘tkir zaharlanishdan 3 kun ichida kamida 97 kishi halok bo‘lgan, yana o‘nlab kishilar shifoxonalarda qolmoqda.
Voqea yuzasidan tergov olib borilmoqda, uning doirasida 200 kishi qo‘lga olingan. Noqonuniy ishlab chiqarilgan 10 ming litrdan ko‘proq spirtli ichimlik musodara qilingan.
Mavzuga oid

21:17 / 23.05.2025
Hindistonda kuchli yomg‘ir oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi

09:12 / 22.05.2025
Surxondaryoda qovun yegan fuqarolar zaharlangani rad etildi

21:32 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi

22:08 / 20.05.2025