Polsha «O‘zbekko‘mir» uchun qozonxonalar qurish taklifini bildirmoqda

Polshaning «Famur» va «Rafako» kompaniyalari «O‘zbekko‘mir» uchun qozonxonalar qurish taklifini bildirib, O‘zbekiston tomoni bilan loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda xorijiy korxonalarning hozirgi faoliyati, texnik imkoniyatlari va ishlab chiqarayotgan mahsulotlari tanishtirilgan.
«Yig‘ilishda «O‘zbekko‘mir» AJ tomonidan xorijiy kompaniyalarda ishlab chiqarilgan texnika va texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha takliflar bildirildi. Zamonaviy qozonxonalar barpo etish masalasi ham yig‘ilganlarning diqqat e'tiborida bo‘ldi», – deyiladi jamiyat tarqatgan xabarda.
Ma'lumot uchun, «Famur» va «Rafako» kompaniyalari tog‘-kon uskunalari, elektrenergiya ishlab chiqarishda foydalaniladigan texnika va texnologiyalar, zamonaviy qozonxonalar loyihasini tayyorlash, shaxta yo‘llarini qurish va unda transport tizimini joriy etish bilan shug‘ullanadi. Kompaniyalarning dunyo bo‘ylab 20dan ortiq davlatda vakolatxonalari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Tavsiya etamiz
Qaysi toifadagi talabalardan o‘qishni tugatguncha granti olib qo‘yilmaydi?
O‘zbekiston | 11:26 / 07.06.2025
Milliy jamoa a’zolariga BYD avtomobillari topshiriladi
Sport | 16:14 / 06.06.2025
Tramp va Mask ochiqchasiga urishib ketdi
Jahon | 12:05 / 06.06.2025
Yangi Toshkent qanaqa bo‘ladi? Bosh arxitektor va mas’ul shaharsoz bilan suhbat
O‘zbekiston | 17:07 / 05.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Shveytsariyadagi qishloqqa ko‘chib kelgan sayyohlarga 24 ming dollardan pul to‘lanadi
Jahon | 01:36
-
Xitoyda global pandemiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan yangi koronavirus aniqlandi
Jahon | 00:30
-
Fransiyaning Renault kompaniyasi Ukraina uchun dronlar ishlab chiqaradi
Jahon | 00:05
-
Yaponiya ilk bor 1000 kilometrdan ortiq masofaga uchadigan raketalarini namoyish etdi
Jahon | 23:50 / 08.06.2025
Mavzuga oid

15:14 / 01.05.2025
Polsha O‘zbekistondan haydovchilarni ishga jalb qilish imkonini o‘rganmoqda

16:59 / 08.04.2025
Polsha biznes-missiyasi UzFood 2025 xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etdi

20:12 / 05.03.2025
Angrendagi ko‘mir konida «BelAZ» ag‘darilib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi

21:04 / 10.01.2024