Toshkentda parashyut o‘g‘rilari ushlandi

Illyustrativ foto
2019 yil 11 yanvar kuni Toshkent Markaziy vokzalining “Toshkent-Tovar” temir yo‘l bekatidagi bojxona omboriga Rossiya Federatsiyasidan kelgan yuk vagonidagi konteynerlar ko‘zdan kechirilganda bitta quti yo‘qligi aniqlangan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida ushbu quti Toshkent viloyati Toshkent tumani Keles shahar Tinchlik mahallasi yaqinida joylashgan “Oqko‘prik-Keles” temir yo‘l bekatlari oralig‘ida noma'lum shaxslar tomonidan sindirilib, ichidagi jami 4 dona parashyutlari o‘g‘irlab ketilgan holda topilgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Toshkent tumani va Toshkent shahrida yashovchi 6 nafar shaxs sodir etganliklari aniqlanib, ushlangan.
Tergov harakatlari davom etmoqda, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid

20:17 / 07.06.2025
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?

10:06 / 07.06.2025
Toshkent va Surxondaryoda kuchli ta’sirga ega dorilarni sotayotganlar ushlandi

15:34 / 05.06.2025
Toshkent metropoliteni 6 iyun kuni soat 3:00 dan 10:00 gacha bepul ishlaydi

22:38 / 03.06.2025