Lukashenko prezident saylovida Poroshenko g‘alaba qozonishini taxmin qildi

Foto: REUTERS/Gleb Garanich
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning taxminicha, Ukrainadagi prezident saylovida amaldagi davlat rahbari Pyotr Poroshenko g‘alaba qozonadi.
"Poroshenko prezident bo‘ladi. Ha, mutlaq", - dedi Lukashenko jamoat va OAV vakillari bilan uchrashuvda.
Shu bilan birga, belarus rahbari Poroshenko shoumen Vladimir Zelenskiy bilan saylovning ikkinchi bosqichiga o‘tishini aytdi.
"Bilasizmi, mutlaqo aniq aytmayapman. Ammo barcha variantlarni ko‘rib chiqib, Pyotr Alekseyevich bu lavozimni saqlab qoladi deb o‘ylayman. Ammo Yaratgan u yerda tinchlikni saqlasin va biz jahon hamjamiyati Ukrainadagi katta sarguzashtlarga aralashib qolmaylik, bunga aslo yo‘l qo‘ymaslik kerak", - dedi Lukashenko.
Ukrainada prezident saylovi 31 martda bo‘lib o‘tadi. Davlat rahbari lavozimiga 44 nomzod da'vogarlik qilmoqda. Ijtimoiy so‘rovlarga ko‘ra, nomzodlar reytingida Zelenskiy yetakchilik qilmoqda.
Mavzuga oid

19:41 / 25.05.2025
Rossiya-Ukraina urushi «endshpil bosqichiga o‘tdi» – JPMorganChase markazi hisoboti

17:29 / 25.05.2025
Rossiya va Ukraina asirlar almashinuvini yakunladi

14:00 / 25.05.2025
«Ukraina uchun yana bir qo‘rqinchli tun». Rossiya yana Ukrainani yoppasiga o‘qqa tutdi

19:32 / 24.05.2025