Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pokistonda yuzdan ortiq ekstremistlar hibsga olindi

Foto: Akhtar Soomro / Reuters
Pokiston mamlakatdagi 182ta diniy maktab ustidan nazorat o‘rnatdi va yuzdan ortiq ekstremistlarni hibsga oldi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Mamlakat IIVning bildirishicha, hukumat taqiqlangan harbiy guruhlar ustidan bosimni kuchaytirgan.
«Bugungi kunda 121 kishi dastlabki hibsda saqlanmoqda», — deyiladi vazirlik bayonotida. Bundan tashqari, hukumat bir nechta diniy maktablar va kasalxonalar faoliyatini nazorat qilmoqda.
Agentlikning yozishicha, noqonuniy guruhlarni ovlash Islomobodga nisbatan xalqaro bosimning kuchayishi ortidan boshlangan. Bu 14 fevralda Jammu va Kashmir shtatida hind harbiylariga qarshi hujum bilan bog‘liq. O‘shanda terrorchi hujumi oqibatida 45 kishi halok bo‘lgan, hujum uchun javobgarlikni «Jaishi Muhammad» guruhi a'zolari o‘z zimmalariga olgandi.
Bunga javoban Hindiston armiyasi terrorchilarning Pokiston hududida joylashgan lageriga zarba berdi. Shundan so‘ng Hindiston va Pokiston harbiy-havo kuchlari o‘rtasida havo jangi bo‘lib o‘tdi.
Oxirgi kunlarda Hindiston va Pokiston o‘rtasida keskinlik yangi kuch bilan avj olmoqda.
Mavzuga oid

10:56 / 12.07.2025
O‘zbekiston va Pokiston mudofaa sanoati sohasida hamkorlik o‘rnatyapti

10:41 / 08.07.2025
O‘zbekiston Pokistonda logistika markazini tashkil etishga qiziqish bildiryapti

08:22 / 08.07.2025
O‘zbekiston va Pokiston o‘zaro savdo hajmini 2 mlrd dollarga yetkazmoqchi

15:19 / 07.07.2025