Ispaniya qiroli mos trap yo‘qligi sababli samolyotdan tusha olmadi

Foto: Aziz Taher / Reuters
Ispaniya qiroli Filipp VI aeroport xodimlari uning samolyotiga tegishli balandlikdagi trapni qo‘yishlarini bir soat kutishiga to‘g‘ri keldi. Bu haqda La Vanguardia ispan nashri xabar berdi.
Qirol va uning rafiqasi qirolicha Letisiya bilan bu voqea ularning Argentinaga davlat tashrifi vaqtida yuz bergan. Ularning samolyoti Buenos-Ayresdagi Xorxe Nyuberi nomidagi aeroportda qo‘ngach, u yerda tegishli balandlikdagi trap topa olishmagan.
Dastlab qirolga hattoki boshqa aeroportga uchish taklif qilingan, biroq oxir-oqibat mos trap topishga muvaffaq bo‘lingan va qirol samolyotdan tusha olgan.
Mavzuga oid

02:44 / 19.06.2025
Argentinada rossiyalik josuslar tarmog‘i fosh qilindi

18:36 / 11.06.2025
Argentina sobiq prezidenti Kristina Kirshner 6 yillik qamoqqa hukm qilindi

18:29 / 27.05.2025
Argentina Britaniyani Folklend orollari bo‘yicha muzokaralarni qayta tiklashga chaqirdi

14:57 / 19.05.2025