Beyl o‘z kelajagi bo‘yicha bir qarorga keldi

«Real» yarimhimoyachisi Garet Beyl yozda jamoasini o‘zgartirmaydi.
Uelslik futbolchi o‘z agenti orqali klub rahbariyati bilan bog‘lanib, ketmoqchi emasligini aytgan, deb yozadi La Sexta.
Avvalroq, madridliklar ustozi Zinedin Zidan yozda klubni tark etadigan futbolchilar ro‘yxatini tuzib chiqqan va undan Beyl ham joy olgan edi.
29 yoshli futbolchining «Real» bilan imzolagan shartnomasi 2022 yil yozigacha mo‘ljallangan.
Bu mavsumda Beyl «Real» tarkibida barcha musobaqalarda 39ta o‘yinda maydonga tushib, 14ta gol urgan va 5ta golga hammualliflik qilgan.
Mavzuga oid

11:37 / 29.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?

16:55 / 23.05.2025
«Real» Karlo Anchelotti ketishini e’lon qildi

19:12 / 18.05.2025
«Cho‘ksang kattaroq dengizda cho‘k». Gulerning onasi, Madriddagi sarguzashtlari va zilziladan omon qolgan muxlisi haqidagi hikoyasi

12:45 / 27.04.2025