Hindiston shimolida kuchli yomg‘irlar 73 kishining umriga zomin bo‘ldi

Foto: PTI Photo
Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida oxirgi 4 kun ichida kuchli musson yomg‘irlari sababli 73 kishi halok bo‘ldi. Yomg‘irlar toshqinlar va ko‘chkilar yuzaga keltirgan. NDTV telekanalining xabar berishicha, oxirgi kunlarda shtatning sharqiy qismida 102,2 mmgacha yog‘ingarchilik tushgan, bu esa yilning ushbu vaqti uchun me'yordan ancha ko‘pdir.
Yomg‘irlar qo‘shni Bixor, Rajaston va Uttarakxand shtatlarini ham qamrab olgan. Shimoliy Hindistonning bir necha tumanida 30 sentyabrgacha barcha maktablar yopilgan. Temir yo‘l izlari suv ostida qolgani sababli bir qator poyezdlar qatnovi bekor qilingan.
Ob-havo mutaxassislari Uttar-Pradesh va yaqin atrofdagi hududlarda yaqin 2 kun ichida “kuchli yomg‘irlar” kuzatilishidan ogohlantirgan.
Mavzuga oid

15:10 / 18.06.2025
Hindistonlik yoshlar Namanganda oliy ta’lim olishga jalb qilinadi

13:10 / 18.06.2025
“10 daqiqa erta borganimda samolyotda bo‘lardim” - talaba yo‘ldagi tirbandlik sabab Dreamliner halokatidan omon qoldi

21:50 / 17.06.2025
Hindiston Pokistonga oqadigan daryolarning «ortiqcha suvini» o‘z hududiga yo‘naltirmoqchi

21:10 / 13.06.2025