Yunusobodda Opel yonib ketdi

Foto: FVV YoXBB
2019 yilning 7 oktabr kuni soat 12:46 da Toshkent shahar Yunusobod tumani, “Matonat” mahallasi, A.Qodiriy ko‘chasi 38-A-uy ro‘parasida harakatlanib ketayotgan fuqaro Yu.V. boshqaruvidagi “OPEL” rusumli avtomobilida yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.
O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAVbilan hamkorlik qilish bo‘linmasi ma'lumotida aytilishicha, xabar asosida voqea joyiga ikkita yong‘in o‘chirish bo‘linmalari jalb etilgan. Bo‘linmalar ko‘rsatilgan manzilga uch daqiqada yetib borgan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in bartaraf etilgan. Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q.

Yong‘in oqibatida fuqaro Yu.V.ga tegishli bo‘lgan “OPEL” rusumli avtomobilning motor va salon qismi yonib zararlangan. Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Mavzuga oid

17:05 / 14.06.2025
Dubaydagi 77 qavatli binoda yong‘in: qariyb 4 ming kishi evakuatsiya qilindi

13:46 / 10.06.2025
Amirsoy hududidagi restoran yonib ketdi

10:53 / 10.06.2025
Toshkentda buzilayotgan eski binoda yong‘in sodir bo‘ldi

08:16 / 07.06.2025