Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xiaomi’ning 1,5 mlrd dollarlik yangi bosh qarorgohi ochildi

Xitoyning Xiaomi kompaniyasi 2018 yil noyabr oxirida Uxan shahrida yangi bosh qarorgohini qurishni boshlagandi.
O‘sha vaqtda yangi bosh qarorgohning qurilishiga 2-3 yil ketishi rejalashtirilgan bo‘lgan, biroq kompaniya 2019 yil 18 dekabrda, ya'ni bir yildan sal ko‘proq vaqtda yangi ofisini ochdi. Ushbu qarorgoh kompaniyaning sun'iy ong sohasidagi tadqiqotlar va ishlanmalar markazi bo‘ladi. Majmuaning ochilishida kompaniya rahbari Ley Tszyun ishtirok etgan.
Xiaomi’ning yangi bosh qarorgohi umumiy maydoni 52 ming kvadrat metrni tashkil qiladi. Yangi ofisda 3 minggacha kishi ishlay oladi.
Avvalroq Ley Tszyun yangi bosh qarorgohning qurilishiga 1,5 mlrd dollar sarflanganini ma'lum qilgan. Kompaniya yangi ofisiga 2 mingga yaqin yangi xodimni ishga olgan. E'tiborlisi, ulardan 80 foizini mahalliy fuqarolar tashkil qiladi.
Ta'kidlanishicha, Uxandagi bosh qarorgoh kompaniyaning sun'iy ong sohasidagi ikkinchi markazi bo‘ladi.
Mavzuga oid

20:09 / 26.07.2025
Xitoy Yevropadan nega norozi?

20:02 / 26.07.2025
AQSh va Xitoy vakillari BMT Xavfsizlik Kengashida Ukraina bo‘yicha janjallashdi

09:54 / 26.07.2025
YeI va Xitoy iqlim bo‘yicha yaqinroq hamkorlik qilmoqchi

07:31 / 26.07.2025