Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Iroqdagi harbiy bazasiga Patriot majmualarini joylashtirmoqchi

Foto: DoD / Glenn Fawcett
AQSh Eron tomonidan zarba berilgan Iroqdagi harbiy bazasiga Patriot raketaga qarshi majmualarini joylashtirishi mumkin. Bu haqda Pentagondagi manbasiga tayanib Fox News telekanali xabar berdi.
"Iroqdagi amerikalik askarlarni himoya qilish uchun Patriot raketaga qarshi majmualarini joylashtirishi mumkin", - deb ma'lum qilgan Fox News sharhlovchisi.
Eron 8 yanvarda Bag‘dodda general Qosim Sulaymoniyning o‘ldirilishiga javoban Iroqdagi Amerika bazalariga 15ga yaqin raketa yo‘llagandi. AQShning rasmiy ma'lumotlariga ko‘ra, hujum natijasida amerikalik harbiylar jabrlanmagan.
Ammo keyinroq Defense One 11 nafar AQSh harbiysi jarohatlanganini ma'lum qilgandi. Keyinroq AQSh markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) 11 nafar harbiy jarohatlanganini tasdiqladi.
Telekanalning ma'lumot berishicha, raketaga qarshi mudofaa majmualari yo‘qligi bois amerikalik harbiylar Eron raketalarini urib tushirishga harakat qilmagan.
Mavzuga oid

10:43
Tramp: Maxsus elchi Uitkoff 6 yoki 7 avgust kuni Rossiyaga tashrif buyuradi

00:30
Hindiston AQSh bojlariga qarshi javob tayyorlayotgani haqidagi xabar yolg‘onligini bildirdi

00:05
AQSh Ukraina bilan “yelkama-yelka” turishga tayyorligini bildirdi

23:02 / 03.08.2025