Suriya kuchlarining aviazarbalari oqibatida 33 turk harbiysi halok bo‘ldi
Suriya hukumat kuchlarining Idlibga berilgan aviazarbalari 33 turk harbiysining halok bo‘lishiga olib keldi. Bundan tashqari, 30 dan ko‘proq turk harbiysi jarohatlangan.

Foto: Aref Tammawi/AFP via Getty Images
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an armiyaning yo‘qotishlari haqidagi xabarlar ortida xavfsizlik masalalari bo‘yicha tezkor yig‘ilish o‘tkazgan. Erdo‘g‘anning ta'kidlashicha, Anqara Idlib bo‘yicha yon bosishlarga bormaydi va ushbu hududda harbiy ishtirokini oshirishni davom ettiradi.
“Bashar Asad tarafdorlari Sochidagi kelishuvlarga bilan belgilangan tutashish chizig‘i ortiga chekinishi kerak. Asadga berilgan muhlat tugamoqda. Turkiya orqaga birorta qadam tashlamaydi va tuzum qo‘shinlarini deeskalatsiya hududi ortiga siqib chiqaradi”, deb aytgan Erdo‘g‘an.
O‘z navbatida turk harbiylari 28 fevralga o‘tar kechasi Suriya qo‘shinlarining Idlibdagi pozitsiyalariga javob zarbalari bera boshlagan. Bu haqda Turkiya prezidenti ma'muriyatining aloqalar bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i Fahriddin Oltun ma'lum qildi.

Uning aytishicha, zarbalar ham havodan, ham yerdan berilmoqda.
Turkiya jahon hamjamiyati va Ostona muzokaralari ishtirokchilarini “Suriya tuzumi tomonidan insoniyatga qarshi sodir etilayotgan jinoyatlarni” to‘xtatish uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olishga chaqirdi.
Shuningdek, Turkiya 28 fevralda Idlibdagi voqea yuzasidan NATO bilan maslahatlashuvlar o‘tkazadi. Bu haqda Turkiyaning yetakchi Adolat va taraqqiyot partiyasi matbuot kotibi Umar Chelik ma'lum qildi va Suriya aviazarbalarini NATOga hujum deb atadi.
“Biz buni bitta Turkiyaga emas, balki jahon hamjamiyatga hujum deb baholaymiz. Biz total munosabatni kutib qolamiz”, deb aytgan Chelik.
Mavzuga oid

14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan

17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi

16:19 / 24.05.2025
AQSh Moliya vazirligi Suriyaga qarshi sanksiyalar yumshatilganini e’lon qildi

15:49 / 24.05.2025