Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Naqd pulsiz hisob-kitob qilish tartibi yangilandi
Markaziy bank boshqaruvining qarori bilan O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risida yangi nizom tasdiqlandi

«To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida»gi Qonun va yangi tahrirdagi Soliq kodeksi kuchga kirgani munosabati bilan tegishli tuzatishlar kiritish zarurati yuzaga keldi, deb yozadi Norma.
Nizomning ayrim normalari chiqarib tashlandi (tijorat bankining hisob-kitob cheklari va bank plastik kartalari orqali hisob-kitob qilish to‘g‘risidagi boblar), ayrimlari esa to‘ldirildi. Chunonchi, yangilangan versiya hujjatda foydalaniladigan bir qator asosiy tushunchalar bilan to‘ldirildi. «Operatsiya kuni», «valutalash sanasi», «1-son kartoteka», «2-son kartoteka», «masofaviy xizmat ko‘rsatish tizimi», «elektron to‘lov vositalari» va boshqalar singari tushunchalarga ta'rif berildi.
Inkasso topshiriqnomalari bilan hisob-kitob qilish tartibiga tuzatish kiritildi. Ular to‘lovchining bankiga yoki mablag‘larni oluvchiga yozma yoki elektron shaklda taqdim etiladi. «Qog‘ozdagi» topshiriqnomalar uch nusxada beriladi. Ularning ikkitasi ijro uchun bankda qoldiriladi, uchinchisi esa qabul qilish sanasi ko‘rsatilgan holda bankning mas'ul xodimi tomonidan imzolanadi va unga biriktirilgan shtamp bilan tasdiqlanib, mablag‘larni oluvchiga qaytarib beriladi.
Mablag‘larni oluvchining bankiga inkasso topshiriqnomasi taqdim etilganda ikkita nusxasi tegishli jurnalda qayd etilgan holda pochta xizmati orqali mablag‘larni to‘lovchining bankiga yuboriladi. ERI bilan tasdiqlangan elektron shakldagi inkasso topshiriqnomalari to‘lov tizimi orqali mablag‘larni to‘lovchining bankiga ijro uchun yuboriladi.
Hujjat 13.04.2020 yildan kuchga kirgan.
Mavzuga oid

17:52 / 28.07.2025
Har uch o‘zbekistonlikdan biri pul jamg‘armaydi - so‘rovnoma

12:24 / 08.01.2025
“Jarima chiptasizlar uchun” – Toshkent avtobuslarida yo‘lkirani naqd pulda to‘laydiganlarga jarima solinishi rad etildi

17:00 / 07.12.2024
Toshkent shahri avtobuslarida naqd pul o‘rniga qanday to‘lov qilish mumkinligi tushuntirildi

19:10 / 15.07.2024