Saudiya Arabistoni qiroli Salmon operatsiya qilindi

Foto: Reuters
Qirol Salmon 20 iyulda Ar-Riyoddagi shifoxonaga yotqizilgandi.
Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdul Aziz ol-Saud o‘t pufagini olib tashlash bo‘yicha operatsiyani muvaffaqiyatli o‘tkazdi. Bu haqda qirollik tashqi ishlar vazirligi o‘zining Twitter sahifasida xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, operatsiya qirol Faysal nomidagi shifoxonada amalga oshirilgan. Qirol Salmon shifokorlar tavsiyasiga ko‘ra bir oz muddat shifoxonada qoladi.
U 20 iyulda Ar-Riyoddagi shifoxonaga yotqizilgandi.
Qirol Salmon 84 yoshda bo‘lib, 2015 yilda taxtga o‘tirgan.
Qirolning 34 yoshli o‘g‘li Muhammad bin Salmon merosxo‘r shahzoda hisoblanadi.
Mavzuga oid

13:53 / 07.06.2025
2025 yilgi Haj mavsumi: 1,6 million ziyoratchi va oqimning kamayishi sabablari

17:32 / 04.06.2025
Saudiya Arabistonida Haj qoidasini buzgan 76 ming kishi hibsga olindi

07:52 / 28.05.2025
Saudiya Arabistonida Qurbon hayiti 6 iyun kuni nishonlanadi

19:00 / 19.05.2025