«Fulhem» APLga qaytdi

Chempionship jamoalari o‘rtasida Angliya Premer-ligasiga chiqish uchun o‘tkazilgan pley-off bahslari yakuniga yetdi.
«Uembli»da o‘tgan finalda «Fulhem» va «Brentford» to‘qnash kelishdi. Qo‘shimcha bo‘limlarda Jo Brayan tomonidan kiritilgan to‘plar Skot Parker shogirdlarini APLga qaytardi.
Eslatib o‘tamiz, bungacha Chempionshipda birinchi va ikkinchi pog‘onalarni band etgan «Lids» hamda «Vest Bromvich» yuqori divizion yo‘llanmasini qo‘lga kiritishgandi.
APLga chiqish uchun pley-off, final
Brentford – Fulhem 1:2
4 avgust, «Uembli»
Gollar: Dalsgord (120+4) – Jo Brayan (105, 117)
Brentford: Rayya, Yansson, Pinnok, Genri (Fosu, 106), Dalsgord, Mbemo (Markondes, 61), Nergor, Benrahma, Da Silva (Kanos, 84), Uotkins, Yyensen (Darvisho‘g‘li, 105+1).
Fulhem: Rodak, Brayan, Odoi (Kristi, 110), Rim, Hektor, Kebano (Nokert, 81), Kerni, Rid H, Onoma (Le Marshan, 110), Rid B (Mitrovich, 90+2), Kamara (Kavaleyru, 105+1).
Ogohlantirishlar: Rid H (29), Kirni (67), Yyensen (88), Ektor (98), Nokert (102), Onoma (103), Nyorgor (104), Mitrovich (105), Kavaleyru (120+2), Rodak (120+4).
Mavzuga oid

17:42 / 24.05.2025
Muhammad Saloh faoliyatida ikkinchi marta APL eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi

23:12 / 27.04.2025
«Liverpul» «Tottenhem»ni yirik hisobda mag‘lub etib, APL chempionligini qo‘lga kiritdi

13:53 / 29.08.2024
Palmerdan Meynugacha: APL klublarining «javohirlar»i

22:07 / 16.08.2024