Istanbulga to‘tiqushlar xavf solayotgani ma'lum qilindi

Foto: Jakub Hałun/wikipedia.org
Istanbulning deyarli barcha tumanlarida halqali to‘tiqushlarning katta koloniyalari vujudga kelib, ular qarg‘alar, olmaxonlar va ko‘rshapalaklarning inlari va yashash joylarini egallab olmoqda. Bu haqda istanbullik biologlarga tayanib Hurriyet nashri xabar berdi.
Odatda Janubiy Osiyo va Sharqiy Afrikada yashovchi bu turdagi to‘tiqushlar Istanbulda 1996 yildan ko‘paya boshlagan. O‘shanda shaharning Beyko‘z tumanida ushbu turdagi to‘tiqushlarni olib ketayotgan avtomobil ag‘darilib ketgan. To‘tiqushlar yo‘l-transport hodisasi vaqtida har tomonga tarqalib ketib, megapolisda yashab ketgan. Dastlab ular Ayo Sofiya ibodatxonasi va Yildiz saroyi yonidagi Gulxona bog‘ini egallagan, biroq oxirgi vaqtda ular ko‘payib, shaharning boshqa tumanlarida o‘rnasha boshlagan.
“5 yil avvalgina to‘tiqushlar bir necha yuztani tashkil qilardi, hozirda ular soni 6 mingga yetgan”, deb ta'kidlashmoqda biologlar.
Shu bilan birga, ushbu to‘tiqushlar butun mamlakat bo‘ylab yoyila boshlagan – hozirda Turkiyada 10 mingga yaqin shu turdagi to‘tiqush mavjud. Istanbuldan tashqari, ularni Izmirda ham ko‘plab uchratish mumkin.
Tropik qushlarning bunday ko‘payib ketishiga Istanbulning yumshoq iqlimi va ozuqaning ko‘pligi turtki bo‘lgan. Ushbu to‘tiqushlar uchun 15 daraja harorat qulay hisoblanadi.
E'tiborlisi, XXI asr boshidan halqali to‘tiqushlar Yevropa bo‘ylab jadal tarqala boshlagan, vaholanki 30-40 yil avval ular faqat o‘zlari uchun odatiy muhitda yashagan.
Mavzuga oid

14:30 / 19.06.2025
Rossiya Ukraina bilan Istanbul kelishuvlarini amalga oshirishga to‘liq tayyorligini ma’lum qildi

13:24 / 19.06.2025
Istanbulda qidiruvdagi ayol qo‘lga olinib, O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

08:48 / 15.06.2025
Istanbulda o‘gay otasi tomonidan jinsiy zo‘ravonlikka uchrab, qarovsiz qolgan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi

08:48 / 12.06.2025