Fransiya Shengen hududini isloh qilish taklifi bilan chiqdi
Fransiya prezidenti “ichki xavfsizlik kengashiga o‘xshash biror narsa” tashkil etishni taklif qildi. U Shengen hududining isloh qilinishi “bir vaqtning o‘zida ham erkinlik, ham xavfsizlikni ta'minlashni” nazarda tutishini ta'kidladi.

Foto: Reuters
Yaqin vaqt ichida Fransiya YeI chegaralarida xavfsizlikni ta'minlash maqsadida Shengen hududini isloh qilish bo‘yicha takliflarini taqdim etadi. Bu haqda mamlakat prezidenti Emmanyuel Makron ma'lum qildi.
“Shengen hududini isloh qilishimiz zarur. Birinchi navbatda, YeI tashqi chegaralarida xavfsizlikni kuchaytirish uchun”, – dedi Makron.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Parij yaqin kunlarda Shengen hududini isloh qilish bo‘yicha taklif bilan chiqadi va uni YeIning boshqa mamlakatlariga taqdim etadi.
Fransiya prezidenti “ichki xavfsizlik kengashiga o‘xshash biror narsa” tashkil etishni taklif qildi. U Shengen hududining isloh qilinishi “bir vaqtning o‘zida ham erkinlik, ham xavfsizlikni ta'minlashni” nazarda tutishini ta'kidladi.
“Biz Shengen makoni xavfsizlik makoni ham bo‘lishi uchun uni isloh kilishimiz darkor, bu Yevropa ittifoqi tashqi chegaralarining mustahkamlanishini, Shengen mexanizmi faoliyatining yaxshilanishini anglatadi”, – deb qo‘shib qo‘ydi u.
Mavzuga oid

23:21 / 24.05.2025
Fransiya sudi Durovga Norvegiyadagi forumda ishtirok etishiga ruxsat bermadi

18:43 / 24.05.2025
Fransiyada yirik blekaut yuz berdi

21:04 / 22.05.2025
Fransiyalik fermer qiymati 4 mlrd yevrolik oltin konini topib oldi

20:25 / 20.05.2025