Ozarboyjon Tog‘li Qorabog‘ hududida komendantlik soati joriy etdi
Avvalroq Armaniston o‘z hududi va Tog‘li Qorabog‘ni parvoz qilinmaydigan hudud deb e'lon qilgandi.

Ozarboyjon hukumati Tog‘li Qorabog‘ning egallangan hududlarida komendantlik soati joriy etdi. Xususan, Shusha va Gadrut shaharlarida komendantlik soati amal qiladi, deb xabar bermoqda trend.az portali.
Xabarda aytilishicha, politsiya bo‘limlari harbiy komendatura sifatida faoliyat olib boradi.
Avvalroq Armaniston o‘z hududi va Tog‘li Qorabog‘ni parvoz qilinmaydigan hudud deb e'lon qilgandi.
10 noyabrga o‘tar kechasi Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev, Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan va Rossiya prezidenti Vladimir Putin Tog‘li Qorabog‘dagi barcha jangovar harakatlarni to‘liq to‘xtatish haqida uch tomonlama bayonot qabul qildi.
Ushbu bayonotga ko‘ra, Ozarboyjon va Armaniston tomonlari hozirda egallab turgan joylarida qoladi. Tog‘li Qorabog‘dagi tutashuv chizig‘i va hududni Armaniston bilan bog‘lovchi yo‘lak bo‘ylab Rossiyaning tinchlikparvar kuchlari joylashtiriladi.
Mavzuga oid

15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi

16:28 / 23.05.2025
Eron 2023 yilda Ozarboyjon elchixonasiga hujum qilgan erkakni qatl qildi

21:12 / 07.05.2025
Ilhom Aliyev 9 may kuni Moskvadagi paradga borishdan bosh tortdi

21:04 / 02.05.2025