Sirdaryo viloyatiga yangi prokuror tayinlandi
O‘zbekiston bosh prokurorining buyrug‘iga asosan Sirdaryo viloyati prokurori tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.

Qayd etilishicha, adliya katta maslahatchisi Shohrux Aminov Sirdaryo viloyati prokurori lavozimida ish boshlagan.
Shohrux Aminov 1981 yilda tug‘ilgan, ma'lumoti oliy, huquqshunos. 2002 yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan.
Sh.Aminov tayinlovga qadar Navoiy viloyati prokurori lavozimida ishlagan.
Avvalroq, Sirdaryo viloyatining sobiq prokurori Ravshan Masharipov Samarqand viloyati prokurori lavozimiga tayinlangandi.
Mavzuga oid

11:15 / 05.06.2025
Vengriya Sirdaryoda parrandachilik klasterini barpo etadi

00:08 / 04.06.2025
Toshkentga 361 kg eshak go‘shtini olib ketayotgan Lacetti to‘xtatib qolindi

16:47 / 02.06.2025
Tojikiston, O‘zbekiston va Qozog‘iston «Bahri Tojik» suv omboridan birgalikda foydalanadi

07:53 / 30.05.2025