Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida noqonuniy pirotexnika va dori vositalari ushlab qolindi

Foto: Toshkent viloyati IIB YHXB axborot xizmati
Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida joylashgan «Chinor» muntazam yo‘l patrul xizmati maskanida xizmat o‘tayotgan yo‘l patrul xizmati inspektorlari 25 noyabr kuni soat taxminan tungi 01:00 larda Farg‘ona–Toshkent yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan Nexia haydovchisini to‘xtatib noqonuniy pirotexnika vositalari savdosiga chek qo‘ydi. Bu haqda Toshkent viloyati IIB YHXB axborot xizmati Kun.uz’ga ma'lum qilgan.
Xabarga ko‘ra, Andijon viloyati Andijon shahrida yashovchi 1981 yilda tug‘ilgan A.E. boshqaruvidagi transport vositasidan tekshiruv vaqtida 276 dona «Zolotoy pesok» pirotexnika vositalari borligi aniqlangan.
«Haydovchi mazkur pirotexnika vositalarini olib yurish noqonuniy ekanligini bilmaganligini aytdi», – deyiladi xabarda.
Shuningdek, inspektorlar Qo‘qon–Toshkent yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan Hyundai porter’ni ham to‘xtatgan. Mashina yukxonasida hech qanday tegishli hujjatlarsiz turli xildagi tibbiyot dori vositalari olib ketayotganligi aniqlangan.
Namangan viloyatining Namangan shahrida yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan haydovchi R.A. avtomobilga ortilayotgan yukning nima ekanligi, uning tegishli hujjatlari bor yo‘qligi bilan qiziqmagan.
«Mo‘may daromad orttirishni ixtiyor qilib, qing‘ir yo‘lni tanlagan bu fuqarolar endi qilmishlari uchun qonun oldida javob berishadi», – deyiladi xabarda.
Mavzuga oid

15:00 / 16.07.2025
Ayrim holatlarda xavfli pirotexnikadan foydalanishga ruxsat berilishi mumkin

13:48 / 02.01.2025
GFRda 5 kishi pirotexnika tufayli halok bo‘ldi

12:02 / 30.12.2024
Toshkent viloyatida 60 mingdan ortiq pirotexnika vositalari ushlab qolindi

07:34 / 23.12.2024