Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda ikkita «Kobalt» to‘qnashishi oqibatida 4 kishi jarohat oldi

Joriy yilning 7 mart kuni soat 23:55larda “102” tizimiga kelib tushgan xabarga ko‘ra, Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko‘chasida haydovchi, 1993 yilda tug‘ilgan O.B. “Kobalt” rusumli avtomobilda harakatlanayotgan vaqtda boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib ketgan va simyog‘ochga urilgan.
IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, u o‘z yo‘lida harakatlanib kelayotgan haydovchi, 1955 yilda tug‘ilgan A.Sh. boshqaruvida bo‘lgan yana bir “Kobalt” rusumli avtomobil bilan to‘qnashgan.
Natijada, haydovchi O.B. boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtomobil yo‘lovchilari, 29 yoshli Sh.E., 30 yoshli S.Yu., boshqa bir “Kobalt” haydovchisi A.Sh., uning boshqaruvida bo‘lgan avtomobil yo‘lovchisi, 27 yoshli V.Sh.ga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Mazkur to‘qnashuv yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
“Barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga amal qilishni, qoidalarni chetlab o‘tib o‘zi va o‘zgalar salomatligini xavf ostiga qo‘ymaslikni so‘rab qolamiz”, deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid

15:11 / 26.07.2025
Yakkasaroy tumanidagi yong‘inda yettita archa daraxti yonib ketdi

14:00 / 11.07.2025
Toshkentdagi yirik chorrahada harakat uch kunga cheklanadi

10:24 / 01.05.2025
Toshkentda yong‘in oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu oxirgi haftadagi uchinchi yirik yong‘in

23:57 / 17.03.2025