Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatini rivojlantirish dasturi tasdiqlandi

Foto: KUN.UZ
Vazirlar Mahkamasi tomonidan «Mahallabay» ishlash tizimi orqali 2021–2022 yillarda Toshkent viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaror qabul qilindi.
Toshkent viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi:
- mahallabay ishlash asosida aholi bandligini ta'minlash, tadbirkorlikka va o‘zini o‘zi band qilib ishlash faoliyatiga jalb qilish;
- mahallalarning «o‘sish nuqtalari»ni (ixtisoslashuv yo‘nalishlarini) aniqlash va yangi tadbirkorlikni, shu jumladan «drayver» loyihalarni amalga oshirishda har bir mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy o‘sishini ta'minlash;
- mahalla pasportidagi mezonlar asosida «qizil», «sariq» va «yashil» hududlarga ajratgan holda barcha mahallalarni «yashil» hududga o‘tkazish choralarini ko‘rish;
- «Temir daftar»ga kiritilgan 11,6 mingta oilaning 4,3 ming a'zosini, «Yoshlar daftari»ga kiritilgan 37,7 ming nafar xotin-qizlarning muammolarini o‘rganish va ularga aniq yo‘nalishlar bo‘yicha manzilli ko‘maklashish, maqsadli kasb-hunarga o‘qitish, ish bilan ta'minlash, moddiy yordam berish.
Quyidagilar tasdiqlandi:
1. 2021–2022 yillarda Toshkent viloyati tumanlari va shaharlarining «o‘sish nuqtalari» (ixtisoslashuv yo‘nalishlari);
2. 2021–2022 yillarda Toshkent viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi;
3. 2021 yilda Toshkent viloyatida yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashish prognoz ko‘rsatkichlari.
Hujjat Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasida e'lon qilingan va 2.06.2021 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid

20:35 / 28.07.2025
Toshkent viloyatida qizining nomusiga tekkan ota 12 yilga qamaldi

11:04 / 28.07.2025
Prezident farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosi nazorati kuchaytiriladi

14:25 / 26.07.2025
Toshkent viloyatida advokat 20 ming dollar bilan ushlandi

13:45 / 26.07.2025