Toshkentda ayollar huquqlari bo‘yicha xalqaro forum boshlandi
Bugun, 15 iyun kuni Toshkentda xotin-qizlarning iqtisodiy huquqlari va imkoniyatlarini kengaytirishga bag‘ishlangan xalqaro biznes-forum bo‘lib o‘tmoqda.

Unda 6ta mamlakatdan yuzdan ortiq ayollar ishtirok etyapti.
Rasmiy relizga ko‘ra, forum ishtirokchilari – gender tengligini ta'minlash maqsadida sifatli o‘zgarishlarni targ‘ib qilayotgan lider ayollardir.
Respublika gender komissiyasi a'zosi Saida Mirziyoyevaning qayd etishicha, ayollar iqtisodiy rivojlanishda nafaqat ishtirok etishi mumkin, balki ishtirok etishi shart. Shundagina mamlakatda boylik va farovonlik sari harakat bo‘ladi, deydi u.
«Forumning vazifasi – erkaklar bilan teng huquqlarga ega bo‘lish uchun birgalikda ishlashga va kurashishga tayyorligimizni yana bir bor namoyish etishdan iborat. Eng asosiysi, ko‘plab muammolarni ko‘tarib, ularning yechimlari borasida takliflarimizni berishdir.
Forumda ta'lim, biznes, siyosat, bolalar tarbiyasi, moliyaviy mustaqillik, samarali mintaqalararo savdo va xalqaro hamkorlik masalalari ko‘rib chiqilmoqda.
Bizning mushtarak muammolarimiz juda ko‘p, shu bois bu yo‘ldan yolg‘iz yura olmaymiz», – dedi Saida Mirziyoyeva.
Mavzuga oid

18:43 / 14.06.2025
O‘zbekiston xorijiy investorlar tomonidan ishonchli hamkor sifatida qabul qilinmoqda – Saida Mirziyoyeva

21:08 / 11.06.2025
Qoraqalpog‘istonni 2035 yilgacha rivojlantirish bo‘yicha strategiya ishlab chiqildi – Saida Mirziyoyeva

22:38 / 09.06.2025
Saida Mirziyoyeva AQSh davlat kotibi yordamchisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

15:10 / 01.06.2025