Belarus Ukraina bilan chegarani qo‘riqlashni kuchaytirdi
Juma kuni Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko chegara qo‘shinlariga Ukraina bilan chegarani to‘liq yopishni buyurganini ma'lum qilgandi.

Belarus chegarachilari Ukraina bilan chegarani kuchaytirilgan tartibda qo‘riqlamoqda, deb ma'lum qildi Belarus davlat chegara qo‘mitasi vakili Anton Bichkovskiy.
"Belarus Respublikasining Ukraina bilan davlat chegarasini qo‘riqlash kuchaytirilgan chegara xizmati va chegara nazorati tartibida amalga oshirilmoqda. Ukraina yo‘nalishida chegara naryadlari soni oshirildi", - dedi Bichkovskiy.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yuzaga kelgan vaziyatni hisobga olib, chegaraning ayrim uchastkalarida fuqarolarning chegaradan o‘tishlari ustidan nazorat kuchaytirilgan.
"Nazorat punktlari orqali chegarani kesib o‘tayotgan shaxslarni rasmiylashtirish mavjud cheklovlar va qo‘shimcha xavfsizlik choralari asosida amalga oshirilmoqda", - dedi Bichkovskiy.
Juma kuni Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko chegara qo‘shinlariga Ukraina bilan chegarani to‘liq yopishni buyurganini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid

19:41 / 25.05.2025
Rossiya-Ukraina urushi «endshpil bosqichiga o‘tdi» – JPMorganChase markazi hisoboti

17:29 / 25.05.2025
Rossiya va Ukraina asirlar almashinuvini yakunladi

14:00 / 25.05.2025
«Ukraina uchun yana bir qo‘rqinchli tun». Rossiya yana Ukrainani yoppasiga o‘qqa tutdi

19:32 / 24.05.2025