Lyuksemburgda Amazon’ga Yevropa ittifoqi uchun rekord qiymatda jarima solindi

Foto: Reuters
Lyuksemburgning Ma'lumotlarni himoyalash bo‘yicha milliy komissiyasi (CNPD) AQShning Amazon kompaniyasiga Yevropa ittifoqida 2018 yildan beri amal qilayotgan ma'lumotlarni himoyalash bo‘yicha umumiy tartib-qoidalarni buzgani uchun yirik jarima solishga qaror qildi. Jarima qiymati 746 mln yevroni (887 mln dollar) tashkil etdi va bunday qoidabuzarlik uchun Yevropa ittifoqida solingan rekord jarima hisoblanadi.
CNPD ushbu qarorni Fransiyaning foydalanuvchilar huquqini himoyalash tashkiloti La Quadrature du Net’ning Amazon’ga nisbatan 2018 yilda bergan shikoyatini ko‘rib chiqqandan keyin qabul qildi.
Amazon’ning Yevropadagi bosh qarorgohi Lyuksemburgda joylashgani sababli ushbu ish shu davlatda ko‘rib chiqildi.
Amazon’da ushbu qaror “asossiz” deb atalgan. “Hech qanday ma'lumotlarning tashqariga sizib chiqishi yoki mijozlarimiz haqidagi ma'lumotlarning uchinchi tomon qo‘llariga tushishi bo‘lmagan. Bu rad qilib bo‘lmaydigan faktlardir. Biz CNPD’ning qaroridan qat'iyan norozimiz”, deb aytilgan kompaniya bayonotida. Kompaniya ushbu qaror yuzasidan tegishli idoralarga shikoyat bermoqchi.
Mavzuga oid

09:57 / 04.06.2025
Haydovchilar jarima ballari haqida onlayn xabardor bo‘lishi mumkin

00:59 / 14.05.2025
Imtihonga kech qolgan talaba aviakompaniyani sudga berib, unda yutib chiqdi

21:23 / 12.05.2025
Amazon 20 yil ichida kompaniya logotipini birinchi marta o‘zgartirdi

20:44 / 07.05.2025