Pi sonini hisoblash bo‘yicha yangi jahon rekordi o‘rnatildi
Shveytsariyaning Graubyunden amaliy fanlar oliy maktabi olimlari Pi sonini hisoblash bo‘yicha yangi jahon rekordi o‘rnatishdi. Ular superkompyuter yordamida ushbu sonning butun qismidan keyingi 62,8 trillionta raqamni hisoblab chiqishga muvaffaq bo‘lishgan.

Ta'kidlanishicha, bu avvalgi rekordan 12,8 trillionta raqam ko‘proqdir.
“14 avgustda DAVIS hisoblash markazining yuqori unumdor kompyuteri Pi sonining verguldan keyingi 62 831 853 071 796 ta raqamini hisoblab chiqdi. Avvalgi 50 trillionta raqamdan iborat rekord yangilandi”, deb aytilgan xabarda.
Yangi hisoblashlarda Pi sonining oxirgi o‘nta raqami quyidagi ko‘rinish olgan: 7817924264.
Hisoblashni amalga oshirish uchun 108 kun 9 soat talab qilingan. Bu 2020 yilda o‘rnatilgan avvalgi rekord ko‘rsatkich vaqtidagidan ancha kamroqdir. O‘shanda ushbu rekord egasi amerikalik Timoti Myullikanga buning uchun 303 kun talab etilgan.
Mavzuga oid

21:20 / 25.06.2025
Shveytsariya ukrainalik qochoqlar uchun yangi qoidalarni joriy etmoqda

15:50 / 30.05.2025
Muz ko‘chkisi Alp tog‘laridagi qishloqni yakson qildi. Tabiiy ofatdan oldingi va keyingi suratlar

18:47 / 28.05.2025
Shveytsariya 71 ta Leopard tankining Germaniyaga sotilishiga ruxsat berdi

14:10 / 26.05.2025