O‘zbekiston Afg‘onistonda muvaqqat hukumat tuzilganini olqishlaydi - TIV

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Afg‘onistonda muvaqqat hukumat tuzilishi yuzasidan bayonot berdi.
«O‘zbekiston Afg‘onistonda muvaqqat Hukumat tuzilganini olqishlaydi.
Umid qilamizki, mazkur qaror mamlakatda keng ko‘lamli milliy kelishuvga erishilishi hamda mustahkam tinchlik va barqarorlik o‘rnatilishi tomon ilk qadam bo‘lib qoladi.
Afg‘onistonning yangi davlat idoralari bilan konstruktiv muloqot va amaliy o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga tayyorligimizni bildiramiz», deyiladi vazirlik matbuot xizmati xabarida.
Eslatib o‘tamiz, 7 sentabr kuni toliblar Afg‘onistonning yangi hukumati tarkibini e'lon qilishdi. Unga ko‘ra, mamlakat bosh vazirligi Muhammad Hasan Oxundga yuklangan, Abdulg‘ani Birodar uning o‘rinbosari bo‘ladi. Hozircha birorta davlat bu hukumatni rasman tan olmagan, «Tolibon» yaqin orada muvaqqat hukumatni rasman tanishtirish marosimini o‘tkazmoqchi, tadbirga Pokiston, Xitoy, Rossiya, Eron, Turkiya va Qatar davlatlari taklif etilgan.
Mavzuga oid

15:55 / 12.06.2025
O‘zbekiston va Afg‘oniston imtiyozli savdo to‘g‘risida bitim tuzdi

23:19 / 10.06.2025
O‘zbekiston elchixonasi Moskvadagi holat yuzasidan Rossiyaga nota yubordi

21:44 / 09.06.2025
O‘zbekiston TIV AQShdagi vatandoshlarni ommaviy namoyishlarda ishtirok etmaslikka chaqirdi

12:12 / 03.06.2025