Qoraqalpog‘istonga yashirincha 0,5 mlrd so‘mlik “plyonka chiqindilari” kirmoqchi bo‘ldi

Foto: Bojxona qo‘mitasi axborot xizmati
Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi “Dovut-ota” chegara bojxona postiga xorijdan kirib kelgan fuqaro O.O. boshqaruvidagi “DAF” rusumli yuk mashinasi bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.
Natijada avtomashinada kuzatuv hujjatlarida yozib ko‘rsatilmagan, bojxona xodimining og‘zaki so‘rovida aytilmagan, dastlabki so‘rovga ko‘ra qiymati 480 million so‘mga teng bo‘lgan jami 12 tonna “polietilen plyonka” tovari borligi aniqlangan.
Yana bir holatda mazkur post orqali yurtimizga kirib kelgan fuqaro M.P boshqaruvidagi “DAF” belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi. Tekshiruvda avtomashinada umumiy qiymati 73 million 900 ming so‘mlik hujjatlarda ko‘rsatilmagan avtomobil shinasi borligi aniqlangan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Oldinroq «Dovut-ota» chegara postidan to‘pponcha va o‘q-dori olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxs ushlangandi.
Mavzuga oid

13:07 / 11.06.2025
Aeroportda 970 mln so‘mlik zargarlik buyumlarini yashirincha olib kirmoqchi bo‘lganlar ushlandi

13:55 / 29.05.2025
Bojxonachilar fuqaro tanasiga xufiyona yashirilgan dorilarni fosh etdi

08:40 / 28.05.2025
Chegaradan qariyb 40 kg zargarlik buyumlari noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yildi

21:27 / 23.05.2025