Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda 15 yoshli o‘smir YTH sodir etdi
Internetda Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. Poytaxt IIBB holat bo‘yicha rasmiy ma'lumot berdi.

Foto: IIBB axborot xizmati
Qayd etilishicha, 2021 yil 8 dekabr kuni taxminan soat 22:00da Shifonur va Talabalar ko‘chalari kesishmasida «Kobalt» avtomobilini tegishli huquqsiz boshqargan 15 yoshli A.M. qarama-qarshi harakat yo‘liga chiqib ketib, 33 yoshli R.I. boshqaruvidagi «Matiz» avtomobili bilan to‘qnashgan.
To‘qnashuvdan so‘ng «Kobalt» harakatni boshqaruvsiz davom etib daraxtga borib urilgan va yonishni boshlagan. Yong‘in voqea joyiga yetib kelgan yong‘in xavfsizligi xodimlari tomonidan o‘chirilgan.

To‘qnashuv oqibatida ikkala haydovchi ham badan shikastlari bilan tibbiyot muassasasiga yetkazilgan. Ularning holati qoniqarli ekani aytiladi.
Ushbu fakt bo‘yicha Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan tergov tekshiruv o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid

23:59 / 25.07.2025
Svet o‘chmagan kun yo‘q: Toshkent elektrsiz qiynalmoqda

18:40 / 25.07.2025
Vazir o‘rinbosari Toshkentning bosh rejasi o‘zgarishini rad etdi. Lekin aks bayonotlar va loyihalar ko‘p

17:48 / 25.07.2025
Toshkentda 670 mingdan ortiq xonadonga aqlli suv hisoblagichlar bepul o‘rnatiladi

22:49 / 24.07.2025