«O‘zgidromet» Qamchiq dovonida kuchli yog‘ingarchilik bo‘lishidan ogohlantirdi

Foto: Kun.uz
«O‘zgidromet» 19 yanvar kuni Qamchiq dovoni yo‘lida haydovchilar uchun noqulay ob-havo yuzaga kelishi mumkinligi sababli ogohlantirish bilan chiqdi.
Qayd etilishicha, shu kuni A-373 Toshkent—O‘sh avtomobil yo‘lining Qamchiq dovoni hududida qor ko‘rinishida yog‘ingarchilik, vaqti-vaqti bilan kuchli yog‘ingarchilik bo‘lishi, tuman tushib, ko‘rinuvchanlik 50 metrgacha pasayishi kutilmoqda.
Shuningdek, shamol tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi, yo‘lda yaxmalak va qor uyumlari yuzaga kelishi mumkin.
Avvalroq «O‘zgidromet» respublikaning tog‘li hududlarida 19 yanvargacha qor ko‘chishi xavfi mavjudligidan ogohlantirgandi.
Mavzuga oid

14:08 / 16.06.2025
Hafta davomida harorat +44 darajagacha ko‘tariladi

15:46 / 13.06.2025
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi

12:10 / 13.06.2025
Hafta oxirida harorat ko‘tariladi

19:19 / 09.06.2025