O‘zbekiston | 09:13 / 27.01.2022
1459
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda 3 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Avtohalokat natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q.

YHXX boshqarmasi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, hodisa 2022 yil 26 yanvar kuni soat 11:30 larda yuz bergan.

Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Chingiz Aytmatov va KXAY ko‘chalari kesishgan chorrahada haydovchi, 1997 yilda tug‘ilgan B.X. boshqaruvidagi "Lacetti" rusumli hamda haydovchi, 1998 yilda tug‘ilgan S.Z. boshqaruvidagi "Vaz-2101" rusumli va haydovchi, 1995 yilda tug‘ilgan M.U. boshqaruvidagi "Damas" rusumli avtomobillar ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Hodisa natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid