Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa va Osiyoni bog‘laydigan yangi ko‘prik qurib bitkazildi
Uzunligi 4608 metrli ko‘prikni qurish uchun 3,4 mlrd yevro sarflandi.

Foto: AP
Dardanell bo‘g‘ozi orqali Yevropa va Osiyoni bog‘laydigan «Chanoqqala 1915» ko‘prigi qurib bitkazildi va ochilishga tayyor. Bu haqda Limak Holding direktorlar kengashi raisi Ebru O‘zdemir ma’lum qildi.
Ko‘prik avvalroq qurib bitkazilishi mumkin edi, ammo koronavirus pandemiyasi natijasida xomashyo yetkazib berish bilan bog‘liq uzilishlar tufayli qurilish ishlari kechikdi.
«Umumiy qiymati 3,1 milliard yevro deb baholangan loyiha COVİD-19 ta’siri va xomashyo narxlarining o‘sishi sababli 300 million yevroga qimmatlashdi», — dedi O‘zdemir.
Ko‘prikning ochilish sanasi hozircha noma’lum. Uning umumiy uzunligi 4608 metrga teng.
Mavzuga oid

07:31 / 12.07.2025
YuNEYDS: Sharqiy Yevropada OITS bilan bog‘liq o‘limlar ko‘paymoqda

13:20 / 11.07.2025
Yevropaning 12 shahrida jazirama harorat tufayli 2,3 ming kishi vafot etdi

14:36 / 10.07.2025
Kansler Mers Germaniyaning NATOda yetakchi bo‘lishini xohlayapti

17:41 / 09.07.2025