Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy kompaniyalari aksiyalari narxi tushib ketdi
Investorlar Xitoyga nisbatan sanksiyalar kiritilishi mumkinligidan xavotirda. Avvalroq Vashington Rossiya fevral oxirida Xitoydan harbiy yordam so‘raganini ma’lum qilgandi.

Foto: AP
Investorlarning Pekin Rossiyaga yordam berishi mumkinligi va natijada Xitoyga qarshi sanksiyalar kiritilishi mumkinligidan xavotirlanishi sababli AQSh va Hongkongda Xitoy kompaniyalarining aksiyalari narxi tushib ketdi, deb xabar berdi Bloomberg.
15 mart kuni AQShda Alibaba aksiyalari 6,5, Pinduoduo aksiyalari 6, Baidu aksiyalari 5,9 foizga arzonlashdi.
Bir kun avval AQShda Xitoy kompaniyalarining aksiyalari narxi 12 foizga tushib ketgandi. Alibaba aksiyalari esa 35 foizdan ortiqroqqa arzonlashgan. Hongkongda esa Xitoy kompaniyalari indeksi 21 foizga pasaydi.
Avvalroq Vashington Rossiya fevral oxirida Xitoydan harbiy yordam so‘raganini ma’lum qilgandi.
Pekin bu xabarni «dezinformatsiya» deb atadi, Moskva ham Xitoydan yordam so‘raganini rad etdi.
«Xitoy mazkur inqiroz tarafida emas va sanksiyalarga tushishni istamaydi», - dedi Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I ispaniyalik hamkasbi Xose Manuel Albares bilan telefon orqali muloqotida.
Shu bilan birga, u «Xitoy o‘z huquq va manfaatlarini himoya qilishi»ni ta’kidladi va Rossiya bilan savdo munosabatlarini davom ettirishini bildirdi.
Mavzuga oid

08:10 / 17.07.2025
Rossiya hukumati xorijliklarning aksiyalarni qaytarib sotib olishiga taqiqni ma’qulladi

13:39 / 28.04.2025
Aksiyadorlik jamiyatlari xodimlari aksiyalarni sotib olishda imtiyozli huquqqa ega bo‘ldi

17:43 / 04.04.2025
Xitoy Trampning chaqirig‘ini qabul qildi va javob qaytardi

16:27 / 04.04.2025