Namanganda Volvo yuk mashinasi yonib ketdi

Foto: Namangan viloyati FVB
Namangan viloyati Chortoq tumanida Volvo yuk avtomashinasida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat FVB xabar qilmoqda.
Qayd etilishicha, 2022 yil 2 aprel kuni soat 13:04 da Chortoq tumani «Namangan» mahalla fuqarolar yig‘ini Namangan ko‘chasida joylashgan avtomobillarni ta’mirlash ustaxonasiga ta’mirlash uchun kelgan Volvo yuk avtomashinasida yong‘in sodir bo‘lgan.
Yong‘in oqibatida avtomobil to‘liq yonib zararlangan. Yong‘in vaqtida avtomobil egasi hamda ustaxona ishchisi kuyib tan jarohati olgan.
Hozirda sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi

21:35 / 22.05.2025
Xorazm viloyati Markaziy Banki binosida yong‘in yuz berdi

17:17 / 22.05.2025
3 yoshli jiyanini 3 ta tilda gapirtirgan yigit: miya sirlarini o‘rganayotgan Jamshidbek hikoyasi

20:16 / 18.05.2025