Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda Mercedes-Benz mashinasi yonib ketdi

Foto: Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati
Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida 10 aprel kuni Mercedes-Benz mashinasida yong‘in sodir bo‘ldi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berishicha, soat 13:43 da Mustaqillik shohko‘chasida harakatlanib ketayotgan avtomobilda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida shahar FVBga xabar kelib tushgan. Shunga ko‘ra, 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 13:49 da yong‘inga yetib borib, holat 13:52 da bartaraf etilgan.
Yong‘inda avtomobilning motor va salon qismi yonib zararlangan. Yong‘in oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati yong‘inning kelib chiqish sababini ma’lum qildi.
«Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2022 yil 10 aprel kuni soat 13:40 larda Toshkent shahri M.Ulug‘bek tumani, Mustaqillik shohko‘chasi Pushkin metro bekati qarshisida, haydovchi, 1985 yilda tug‘ilgan O.O. boshqaruvida bo‘lgan Mercedes-benz GL 500 rusumli avtomobilning dvigatel qismida elektr simlarida qisqa tutashuv sababli yong‘in yuzaga kelgan», deyiladi xabarda.
Mavzuga oid

14:26 / 17.07.2025
Iroqdagi savdo markazida yong‘in: 80 ga yaqin kishi halok bo‘lgan (video)

11:40 / 17.07.2025
Seul ko‘chasida avtomobil yonib ketdi

09:57 / 17.07.2025
Mirzo Ulug‘bek tumanidagi podstansiyada yong‘in sodir bo‘ldi

15:59 / 16.07.2025