AQShga boruvchilar uchun majburiy koronavirus testi bekor qilindi
AQSh 12 iyundan boshlab mamlakatga havo yo‘li orqali kirib keluvchi yo‘lovchilar uchun majburiy koronavirus testini bekor qiladi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
Qayd etilishicha, Jozef Bayden ma’muriyati xalqaro sayohatchilar AQShga parvoz qilishdan bir kun oldin COVID-19 uchun PZR testini o‘tkazish talabini bekor qildi.
“Ushbu qadam COVID-19 ga qarshi kurashda erishgan yutuqlarimiz tufayli amalga oshirildi”, dedi AQSh sog‘liqni saqlash vaziri Ksave Beserra.
Shu bilan birga, AQSh rasmiylari pandemiya holatini kuzatishda davom etishini va agar vaziyat o‘zgarsa, PZR sinovi zaruratini qayta ko‘rib chiqishini bildirdi.
Avvalroq O‘zbekistonga kirishdagi koronavirus bilan bog‘liq barcha cheklovlar bekor qilingandi.
Mavzuga oid

22:17 / 24.05.2025
Tramp AQSh endi «demokratiyani kuch bilan o‘rnatmasligi»ga va’da berdi

22:00 / 24.05.2025
Ilon Mask siyosatdan uzoqlashishga qaror qilgani sababi ma’lum bo‘ldi

20:02 / 24.05.2025
G7 sammiti va Trampning bojlari: muzokaralarda aniq natijalar ko‘rinmadi

16:19 / 24.05.2025