Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Rossiyaga 12,5 ming tonna gilos yetkazib berdi
Gilos eksporti o‘tgan yil mos davri bilan solishtirilganda 35 ming tonnaga kamaygan.

Foto: Shutterstock
O‘zbekiston 14 ta davlatga gilos eksport qilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.
Qo‘mita xabariga ko‘ra, O‘zbekiston 2022 yilning yanvar-iyun oylarida 14 ta davlatga qiymati 33,3 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 25,4 ming tonna gilos eksport qilgan.
Qayd etilishicha, gilos eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 35 ming tonnaga kamaygan.
2022 yilning 6 oyida O‘zbekiston eng ko‘p gilos eksport qilgan davlatlar:
- Rossiya – 12,5 ming tonna;
- Qozog‘iston – 7,7 ming tonna;
- Qirg‘iziston – 4,8 ming tonna;
- Koreya – 183 tonna;
- Belarus – 163 tonna;
- Polsha – 52 tonna;
- BAA – 16 tonna.
Mavzuga oid

12:29 / 09.07.2025
O‘zbekistonning doimiy aholisi soni qariyb 38 mlnga yetdi

23:25 / 05.07.2025
Rossiya deyarli barcha demografik statistikani maxfiylashtirdi

12:09 / 02.07.2025
Palov xarajatining hududlar kesimidagi narxi e’lon qilindi

11:25 / 01.07.2025