Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Rossiya va Qozog‘istonga 5 ming tonna o‘rik yetkazib berdi
Farg‘ona viloyati eng ko‘p o‘rik eksport qilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.
Qo‘mita xabariga ko‘ra, O‘zbekiston 2022 yilning yanvar-iyun oylarida xorijiy davlatlarga qiymati qariyb 5,8 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 5,7 ming tonna o‘rik eksport qilgan.
O‘rik eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 3,1 ming tonnaga kamaygan.
2022 yilning 6 oyida O‘zbekiston eng ko‘p o‘rik eksport qilgan davlatlar:
- Rossiya – 3,7 ming tonna;
- Qozog‘iston – 1,3 ming tonna;
- Qirg‘iziston – 707 tonna.
2022 yilning 6 oyida xorijga eng ko‘p o‘rik eksport qilgan hududlar:
- Farg‘ona viloyati – 2,9 ming tonna;
- Xorazm viloyati – 831 tonna;
- Toshkent viloyati – 393 tonna.
Mavzuga oid

13:57 / 11.07.2025
O‘zbekiston ilk bor sofligi 99,9 foiz bo‘lgan reniy metallini eksport qildi

11:33 / 10.07.2025
6 oyda eksport qilingan mevalarning qiymati ma’lum qilindi

12:45 / 08.07.2025
UzAuto Motors'ning sof foydasi keskin kamaydi. Nega?

15:47 / 07.07.2025