Biz sayt ishlashini yaxshilash va sizga qulaylik yaratish uchun cookies-fayllardan foydalanamiz. Davom etish orqali siz cookies-dan foydalanishga rozilik bildirasiz. Maxfiylik siyosati Kun.uz
Og‘ir qishga tayyorlanayotgan Mikolayiv va front chizig‘idagi Baxmut. Urush suratlari
Ukraina Xerson oblastida Ukraina qurolli kuchlari zarbasi oqibatida o‘nlab qodirovchilar halok bo‘lgani haqida xabar berdi. Rossiya tomonidan annexia qilingan Melitopolda telekompaniya binosi oldida portlash sodir bo‘ldi, mahalliy rasmiylar buni terakt deb atadi. Olti kishi jabrlangan. Ukraina hukumati ukrain qochqinlarini issiqlik ta’minotidagi muammolar tufayli bahorgacha vatanga qaytmaslikka chaqirdi. BBC News o‘tkazgan surishtiruvga ko‘ra, Rossiya aprel oyida Mikolayivga ichimlik suvi keladigan yagona quvurni qasddan portlatganini aniqladi. Shahar olti oydan buyon toza ichimlik suvisiz yashamoqda. Ukraina qurolli kuchlari tasdiqlashicha, rossiyalik harbiylar Belarus hududidan Shahed rusumli o‘nta kamikadze dronlarni uchirgan.
Quyida 25 oktyabr, urushning 244-kunida Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.
Front chizig‘idagi Baxmut
Baxmut ustida tutun. Ukraina qurolli kuchlariga ko‘ra, bu shahar — amalda rossiyalik harbiylar hujum qilishga urinayotgan va oldinga siljiyotgan yagona shahardir. Bu yo‘nalishda «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi kuchlari jamlangan. Ukraina qo‘shinlari uchun Baxmut Donetsk tomon harakatlanish uchun muhim, rossiyaliklar esa — Drujkovka, Konstantinovka, Kramatorsk va Slovyanskka hujum qilish uchun shu shaharni egallashi talab etiladi.
Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETAO‘tin tayyorlash uchun daraxt shoxlarini arralayotgan baxmutlik
Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETABaxmutliklar evakuatsiya avtobusida. Muntazam zarbalar tufayli shaharni aholining yarmidan oshig‘i tark etgan. 24 oktyabr kuni navbatdagi zarbalar oqibatida yetti kishi halok bo‘ldi
Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETABaxmut ustida dron raketa orqali urib tushirilishi
Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA
Xarkiv oblastidagi ukrain sapyorlari
Ruska Lozovada mina izlayotgan sapyor. Ukrain qo‘shinlari qishloqni aprel oyi oxirlarida ozod etishgan. Bu RF armiyasi uchun strategik muhim ahamiyatga ega joy edi: Ruska Lozovadan turib rossiyaliklar Xarkiv shahrini o‘qqa tutishgan
Clodagh Kilcoyne / Reuters / Scanpix / LETARossiya istilosi ostida yetti oy bo‘lib, sentabr oyida ozod etilgan Kozacha Lopan posyolkasidagi omborxonada qishloq texnikalarini ko‘zdan kechirayotgan sapyor. Posyolka Rossiya chegaralaridan ikki kilometr masofada joylashgan.
Clodagh Kilcoyne / Reuters / Scanpix / LETA
Mikolayiv oblastidagi kundalik hayot
Mikolayivda aholiga non tarqatilayotgan maktabdagi navbat. Shaharda oziq-ovqat va ichimlik suvi muammosi og‘irligicha qolmoqda. BBC surishtiruviga ko‘ra, aprel oyida Rossiya qo‘shini Mikolayivga suv boradigan quvurni qasddan portlatgan. Shundan buyon shahar aholisi toza ichimlik suvidan bebahra qolgan
Emilio Morenatti / AP / Scanpix / LETAKo‘ngillilar Mikolayiv oblastining front chizig‘i yaqinidagi qishloqlari aholisi uchun o‘tin yoqiladigan pechkalar tayyorlashmoqda
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETAMikolayiv oblastidagi qishloqlar aholisi uchun mo‘ljallangan pechkalar
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETAKo‘ngillilar Mikolayiv oblasti aholisiga o‘tin pechkalari tarqatishmoqda
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETAFermadan qochib ketgan sigirlar Mikolayiv oblastidagi front chizig‘i yaqinida
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA
Bosib olingan Melitopolda portlash
25 oktyabr kuni Melitopolda Rossiya ta’siridagi ma’muriyat tomonidan asos solingan «ZaTV» telekompaniyasi binosi oldida avtomobil portlatildi. Olti kishi jabrlangan, ular orasida «ZaMedia» mediaholdingi xodimlari bor. Mahalliy rasmiylar hodisani terakt deb atagan.
AFP / Scanpix / LETA«ZaTV» telekompaniyasi binosi portlashdan keyin
Foto: TASS