Bunyodkor shohko‘chasida 4ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Shayxontohur tumani Bunyodkor shohko‘chasida 4ta mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Toshkent shahar IIBB YHXB holat yuzasidan ma’lumot taqdim etdi.
2022 yil 1 noyabr kuni soat 17:15 larda Toshkent shahar Shayxontohur tumani Bunyodkor shohko‘chasi 6a-uy qarshisida 1975 yilda tug‘ilgan haydovchi Lacetti’ni boshqarib ketayotib, yo‘l chetida to‘xtab turgan, 1991 yilda tug‘ilgan haydovchiga tegishli Spark’ka kelib to‘qnashgan.
Oqibatda, Spark o‘zidan oldinda to‘xtab turgan, 1977 yilda tug‘ilgan haydovchiga tegishli Cobalt bilan to‘qnashgan, zarb natijasida Cobalt o‘zidan oldinda turgan, 1986 yilda tug‘ilgan haydovchiga tegishli Lacetti bilan to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Yo‘l-transport hodisasi oqibatida Lacetti haydovchisi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

20:21 / 24.05.2025
«So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlarida avtomobil boshqargan o‘quvchilar aniqlandi

10:27 / 22.05.2025
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi

18:17 / 19.05.2025
Bishkekda o‘zbekistonlik talaba avtohalokatga uchradi. Komada yotgan qizning onasi yordam kutyapti

18:04 / 16.05.2025