Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda sodir bo‘lgan YTHda haydovchi vafot etdi
Spark mashinasi harakat davomida qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketgan. So‘ng ro‘paradan kelayotgan Damas bilan to‘qnashgan.
Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 22 noyabr kuni soat 17:30 larda A-377 Samarqand-Ayniy xalqaro avtomobil yo‘lining Toyloq tumani Bog‘izog‘on mahallasi hududidan o‘tuvchi 15-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Urgut tumani Tinchlik mahallasida yashovchi M.Sh. Spark mashinasi bilan harakatlanib kelayotib, qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketgan. So‘ng ro‘paradan kelayotgan Toyloq tumani Talliota mahallasida yashovchi fuqaro boshqaruvida bo‘lgan Damas bilan to‘qnashgan.
YTH oqibatida ikkala haydovchi tan jarohatlari olgan va Toyloq tumani markaziy shifoxonasida yotqizilgan. Ko‘rsatilgan muolajalarga qaramay Spark haydovchisi shifoxonada vafot etgan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Toyloq tuman IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida 5ta mashina ishtirokida sodir bo‘lgan YTHda Damas haydovchisi halok bo‘lgandi.
Mavzuga oid

19:36
Toshkentda Tico yo‘lni kesib o‘tayotgan 3 yoshli bolani urib yubordi

13:31
Toshkent viloyatida YTH yuz berdi, jarohat olganlar bor

16:33 / 07.07.2025
Toshkentda Damas yo‘l chetida turgan yuk avtomobili tirkamasiga borib urildi

16:17 / 07.07.2025