Shavkat Mirziyoyev 5 nafar ofitserga general unvonini berdi
Mudofaa vaziri, ichki ishlar vaziri va DXX raisining bir nafardan o‘rinbosarlari hamda ikki qo‘mondonga general-mayor unvoni berildi. Shuningdek, Bosh prokuror o‘rinbosarlaridan biri va Qoraqalpog‘iston prokuroriga “III darajali davlat adliya maslahatchisi” maxsus unvoni topshirildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Qurolli Kuchlar Oliy Bosh qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni arafasida harbiylar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlaridan bir guruhiga yangi unvonlar berdi.
To‘rt nafar harbiy mulozim general-mayor harbiy unvonini oldi:
- mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari polkovnik Qarshiyev Hamdam Aliqulovich;
- Markaziy harbiy okrug qo‘mondoni polkovnik Saidov Oybek Ozodovich;
- Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘mondoni polkovnik Shermatov Farhodjon Ortiqovich;
- DXX raisi o‘rinbosari Muxtorov Farrux Shahobiddinovich.



Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari – Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i Abdullayev Bekmurod Tojimirzayevich general-mayor maxsus unvonini oldi.
Bosh prokuror o‘rinbosari Yo‘ldoshev Erkin To‘raqulovich va Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori Tojiyev Erkabay Aminovichga “III darajali davlat adliya maslahatchisi” maxsus unvoni (general-mayor unvoniga teng) topshirildi.


Harbiy unvonlarni Oliy Bosh Qo‘mondon Shavkat Mirziyoyev topshirdi.
Mavzuga oid

19:54 / 23.05.2025
«Harbiylarning aloqasi yo‘q». Mudofaa vazirligi Xorazmda metallolomga topshirilgan snaryad bo‘yicha ma’lumot berdi

07:40 / 21.05.2025
DXX Qashqadaryoda 3 nafar advokatning firibgarlik harakatlarini fosh etdi

11:27 / 20.05.2025
Tojikistondan kontrabanda qilingan narkotik moddalar to‘xtatib qolindi

19:09 / 14.05.2025