Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya Mudofaa vazirligi: «Qardosh Ozarboyjonni qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz»
Turkiya Mudofaa vazirligi Ozarboyjonda 1990 yildagi «Qonli yanvar» qurbonlari xotirasini hurmat bajo keltirdi.

Foto: AP
Turkiya Milliy mudofaa vazirligi Boku va Ozarboyjonning boshqa shaharlarida 1990 yil yanvar voqealari qurbonlari xotirasiga hurmat bajo keltirdi.
«Biz unutganimiz yo‘q va unutmaymiz! Biz qardosh Ozarboyjonda 1990 yil 20 yanvar voqealarida halok bo‘lgan birodarlar xotirasini hurmat qilamiz. «Bir millat, ikki davlat» tamoyilidan kelib chiqib, biz ozarboyjonlik birodarlar bilan yonma-yon turishda davom etamiz», deyiladi Mudofaa vazirligi bayonotida.
1990 yil 20 yanvar kuni Ozarboyjon mustaqilligi va hududiy yaxlitligi uchun kurashda qahramonlik sahifasi sifatida tarixga kirdi. 19 yanvardan 20 yanvarga o‘tar kechasi Sovet qo‘shinlari Boku va Ozarboyjonning boshqa viloyatlaridagi norozilik namoyishlarini bostirish uchun harbiy qismlarni kiritdi. Mojarolar oqibatida 147 kishi halok bo‘ldi, 744 kishi jarohat olgan edi. Voqealar «Qonli yanvar» nomini oldi.
Mavzuga oid

19:18 / 12.07.2025
Ash-Shar’a Bokuga keldi: Ozarboyjon Suriya gaz ta’minotiga yordam bermoqchi

17:26 / 12.07.2025
Kurdiston ishchilar partiyasi qurollarini topshirmoqda. Bu Turkiya bilan 40 yillik mojaroga nuqta qo‘yadimi?

21:05 / 11.07.2025
“Kavkazda Rossiya endi lider emas, oddiy ishtirokchiga aylanmoqda” - siyosatshunos

08:45 / 11.07.2025