O‘zbekiston Turkmanistonga zamonaviy tez yordam mashinalarini jo‘natdi
Diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi nishonlandi. Turkmaniston O‘zbekistonga suyultirilgan gaz partiyasini beg‘araz topshirdi.

Foto: Videodan kadr
O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi hamda yaqin qardoshlik rishtalaridan kelib chiqib, o‘zaro hurmat belgisi sifatida ikki mamlakat o‘rtasida do‘stona yordam almashildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Jumladan, O‘zbekiston Turkmanistonga 20 ta zamonaviy Volkswagen Caddy tez yordam mashinalarini jo‘natdi. Turkmanistondan O‘zbekistonga suyultirilgan gaz partiyasi yetkazildi.
Tantanali tadbirlar Xorazm viloyatini Turkmanistonning Dosho‘g‘iz viloyati bilan bog‘lab turuvchi «Shovot» chegara bojxona postida bo‘lib o‘tdi.
Avvalroq, Turkmaniston O‘zbekistonga tabiiy gaz yetkazib berishda uzilishlar bo‘lgani uchun «kompensatsiya» tariqasida suyultirilgan gaz berishi, bu Turkmaniston matbuotida «qo‘shni davlatga do‘stona va birodarlik yordami» sifatida taqdim etilgani haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga oid

19:07
Shavkat Mirziyoyev xalqaro investorlarni qabul qildi

17:54 / 06.06.2025
Turkmanistonda «Do‘zax darvozasi» olovini o‘chirish jarayoni boshlandi

13:39 / 02.06.2025
O‘zbekiston universitetlariga Britaniyadan professor-o‘qituvchilar jalb qilinadi

19:02 / 22.05.2025