Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Malayziya O‘zbekistonda elektrobuslar ishlab chiqarish imkoniyatini o‘rganyapti
O‘zbekiston elchixonasi xodimlari Malayziyaning Gemilang Coachwork Sdn. Bhd kompaniyasining ijrochi direktori Pang Chong Yong bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Foto: Dunyo AA
Gemilang Coachwork Sdn. Bhd kompaniyasi vakillari taqdimot o‘tkazishdi. Taqdimotda kompaniya tomonidan ishlab chiqarilayotgan avtobuslar, ular xususiyatlari va eksport geografiyasi, kompaniyaning kelgusi rejalari to‘g‘risida batafsil aytib o‘tildi.
Gemilang Coachwork Sdn. Bhd kompaniyasi ijrochi direktori Pang Chong Yong kelgusida «Samavto» MChJ korxonasi bilan korxona ehtiyojlari uchun alyuminiy kuzovlar yetkazib berish va birgalikda elektrobuslar ishlab chiqarish imkoniyatlarini o‘rganishga qiziqish bildirdi.
Uchrashuv natijasida Malayziya kompaniyasi bilan «Samavto» MChJ negizida elektrobuslar ishlab chiqarish imkoniyatlarini o‘rganish bo‘yicha onlayn muzokaralar o‘tkazish yuzasidan kelishib olindi.
Mavzuga oid

15:00 / 12.07.2025
O‘zbekiston va Malayziya xalqaro tan olingan o‘quv dasturlarini joriy etadi

09:37 / 12.07.2025
Malayziya O‘zbekistonda bioreaktor tizimiga birinchi zavodni qurishi mumkin

21:25 / 10.07.2025
Malayziyada politsiya vertolyoti qulab tushdi

08:28 / 09.07.2025