Zelenskiy yana front chizig‘iga keldi, Xerson o‘qqa tutildi. Urush suratlari
Ukrainadagi urushning 419-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- RF Davlat dumasi davlatga xiyonat uchun umrbod qamoq jazosi to‘g‘risidagi tuzatishni qabul qildi, shuningdek, yana bir tuzatishga ko‘ra, xalqaro tashkilotlar qarorlarini ijro etishda yordam ko‘rsatganlik uchun besh yilgacha ozodlikdan mahrum etish mumkin.
- Kreml Vladimir Putin annexia qilingan Xerson oblasti va «LXR»dagi Rossiya qo‘shinlari oldiga borganini xabar qildi.
- Volodimir Zelenskiy Donetsk oblastida Rossiya qo‘shinlari qurshab olishga harakat qilayotgan Avdiyivka shahriga kelib, ukrain harbiylarining oldingi pozitsiyalarida bo‘ldi.
- Moskva harbiy komissari Maksim Loktev harbiy xizmatga chaqiriluvchilar yuzdan tanish tizimi orqali qidirilishini ma’lum qildi.
- Bedarak yo‘qolganlar bo‘yicha komissar Oleg Kotenkoning ma’lumotiga ko‘ra, ayni vaqtda yetti yarim mingdan ortiq ukrain harbiylari bedarak yo‘qolganlar deb hisoblanadi.
- Germaniya hukumati Kiyevga dastlabki Patriot havo hujumidan mudofaa tizimi topshirilgani haqida ma’lum qildi.
- 18 aprel kuni kechqurun ukrainalik zenitchilar Zaporijjya va Dniproda yettita dron urib tushirilgani haqida ma’lum qilishdi. Shundan oltitasi Shahed rusumli uchuvchisiz uchish qurilmalari bo‘lgan.
Vladimir Putin Xerson oblastida

Rossiya prezidenti matbuot xizmati / EPA / Scanpix / LETA
Volodimir Zelenskiy Avdiyivkada

Ukraina prezidenti matbuot xizmati

Ukraina prezidenti matbuot xizmati

Ukraina prezidenti matbuot xizmati



Xersonga zarba
Rossiya qo‘shini 18 aprel kuni Xerson markazini o‘qqa tutdi. Mahalliy hukumat xabar berishicha, bu shahar Markaziy bozoriga mo‘ljallab yo‘llangan zarba bo‘lgan. Xerson oblasti harbiy ma’muriyati rahbari Oleksandr Prokudin tomonidan e’lon qilingan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, tinch aholi vakillaridan biri kishi halok bo‘lib, yana to‘qqiz kishi yaralangan. Rossiya tomoni Xerson o‘qqa tutilishi bo‘yicha izoh bermagan. Quyida shahar o‘qqa tutilishi oqibatlari aks etgan suratlar.

Hryhorii Shmatko / Suspilne Ukraine / JSC UA:PBC / Global Images Ukraine / Getty Images

Hryhorii Shmatko / Suspilne Ukraine / JSC UA:PBC / Global Images Ukraine / Getty Images

Dina Pletenchuk / AFP / Scanpix / LETA

Hryhorii Shmatko / Suspilne Ukraine / JSC UA:PBC / Global Images Ukraine / Getty Images
Donbass shimolidagi ukrain tankchilari


Mavzuga oid

20:40
Zelenskiy Qrim sabab yangi sanksiyalar joriy etdi

10:57
OAV: Tramp ma’muriyati Andrey Yermakdan norozi

08:32
Zelenskiy: Rossiya almashuv doirasida Ukrainaga o‘zining 20 nafar harbiysi jasadini ham topshirdi

23:43 / 21.06.2025