Toshkentda avtobusning 25 mln so‘mlik taxografini o‘g‘irlab ketishdi
Toshkent shahrida avtobus ehtiyot qismini o‘g‘irlash holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar bermoqda.
Yashnobod tumani IIO FMBga kelib tushgan xabarga ko‘ra, noma’lum shaxs avtobus parkining devoridan oshib o‘tib, u yerda turgan «MAN» rusumli avtobusning 25 000 000 so‘mlik taxografini o‘g‘irlab ketgan.
Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida, ushbu jinoyatni sodir etishda gumon qilingan 44 yoshli A.M. aniqlanib, qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (“O‘g‘rilik”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.
Mavzuga oid

12:53 / 12.06.2025
Toshkentdan Issiqko‘lga mavsumiy avtobus qatnovlari boshlandi

00:00 / 10.06.2025
Navoiy viloyati uchun Xitoydan 60 ta avtobus olib kelindi

13:59 / 05.06.2025
Qozog‘istonda O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan avtobusda yong‘in chiqdi

20:22 / 29.05.2025