Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Singapur O‘zbekistonda zamonaviy konteyner terminalini tashkil etishi mumkin
Janubiy Koreya poytaxtida Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotining (ICAO) amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ikkinchi global simpoziumi (GISS) bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Foto: Dunyo
Simpozium doirasida Ilhom Mahkamov ICAO bosh kotibi Xuan Karlos Salasar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Ilhom Mahkamov O‘zbekistonning uglerod chiqindilarini kamaytirishdagi eng samarali hissasi Jet A-1 yarim sintetik (50/50) aviatsiya yoqilg‘isi (SSF) ishlab chiqarishni o‘zlashtirish va fuqaro aviatsiyasida chiqindilarni 20 foizga kamaytirishdan iboratligini ta’kidladi.
Transport vaziri Singapur transport vaziri Amiy Xor bilan ham uchrashuv o‘tkazdi. Uning doirasida tomonlar O‘zbekiston aeroportlarini rivojlantirish sohasidagi Changi Airports International Pte kompaniyasi bilan hamkorlik va PSA International kompaniyasi bilan O‘zbekiston hududida zamonaviy konteyner terminalini tashkil etish masalalarini muhokama qildilar.
Vazirlar Singapur tajribasi asosida O‘zbekistonda yerosti metro liniyalarini loyihalash va qurish muhimligini ta’kidladilar. Shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik o‘z ichiga transport tizimini aqlli boshqarish markazi va Singapur tajribasini joriy etishni ham olishi qayd etildi.
Mavzuga oid

14:24 / 11.07.2025
Xitoy va O‘zbekiston konteyner tashuvlari bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etdi

19:14 / 17.04.2025
Toshkent aeroportida yuklarni saqlash uchun avtomatik javonlar paydo bo‘ldi

11:00 / 18.01.2025
O‘zbekiston Eronning Chobahor porti hududidan terminallar sotib olishi mumkin

09:45 / 27.11.2024