O‘zbekistondan Qirg‘izistonga 7 tonna nosvoy olib kirgan shaxs ushlandi
Nosvoy O‘zbekistonning Cho‘ng‘ara anklavidan Qirg‘iziston hududida sotish maqsadida o‘tkazish punktlarini chetlab o‘tib, noqonuniy olib kirilgan.

Foto: Bojxona
Qirg‘izistonning «Aydarken» otryadi chegarachilari bojxonachilar bilan hamkorlikda chegaradan noqonuniy ravishda tovar olib o‘tish holatini aniqladi.
Qayd qilinishicha, E.U. boshqaruvidagi «KamAZ» yuk avtomobilida 7 tonna nosvoy bo‘lgan.
Chegarachilarning ma’lum qilishicha, nosvoy O‘zbekistonning Cho‘ng‘ara anklavidan Qirg‘iziston hududida sotish maqsadida o‘tkazish punktlarini chetlab o‘tib, noqonuniy olib kirilgan.
Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, haydovchi va yuk qo‘shimcha tergov o‘tkazish uchun bojxonachilarga topshirilgan.
Mavzuga oid

07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi

16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi

20:42 / 20.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi

20:07 / 20.05.2025