La Liga klubi Eldor Shomurodovga qiziqish bildirmoqda
O‘zbekiston milliy jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov yangi mavsumni La Ligada boshlashi mumkin.

Foto: Getty images
Rossiyaning «Sport-Ekspress» nashri xabariga ko‘ra, «Roma» klubi futbolchisiga Ispaniyaning «Jirona» klubi qiziqish bildirmoqda. La Liga ishtirokchisi Shomurodovga transfer taklifi bilan chiqadimi yoki ijara masalasi bilan – hozircha noma’lum.
Qayd etilishicha, Rim klubi Eldor bo‘yicha eng avvalo transfer takliflarini ko‘rib chiqadi. Ijaraga olish taklifi ikkinchi darajali sifatida ko‘riladi.
La Gazzetta dello Sport nashrining yozishicha, Shomurodov Joze Mourinoning yangi mavsum uchun rejalaridan o‘rin olmagan. Eldorning rimliklar bilan amaldagi kelishuvi 2026 yilga qadar imzolangan.
Avvalroq, Shomurodovga Italiyaning «Lechche» klubi qiziqish bildirayotgani haqida xabar qilingandi.
Eslatib o‘tamiz, Shomurodov o‘tgan mavsumning ikkinchi qismini ijara asosida «Spetsiya»da o‘tkazib, bu jamoani A Seriyadagi o‘rnini saqlab qolishga yordam bera olmadi. U 16 o‘yinda bitta gol va 2ta assistga mualliflik qildi.
Mavzuga oid

11:38 / 05.05.2025
«Real» poygada qolmoqda, Shomurodovda muvaffaqiyatli seriya. Kun o‘yinlari

16:41 / 02.05.2025
Eldor Shomurodov – yana bir bor «Roma»da oyning eng yaxshi futbolchisiga aylandi

11:37 / 28.04.2025
«Siti» finalga chiqdi, «Roma» va Shomurodov «Inter»ni to‘xtatdi. Kun o‘yinlari

09:50 / 20.04.2025